Qurilish va irrigatsiya fakultetida 1-bosqich talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda korrupsiyaning salbiy oqibatlari, ta’lim tizimida halollik muhitini shakllantirish va poraxo‘rlikka qarshi kurashishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha qabul qilingan qonunchilik me’yorlari, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda halollik tamoyillarining ahamiyati batafsil tushuntirildi.Talabalar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, savollariga atroflicha javob olishdi.
Bunday tadbirlar yoshlarda huquqiy savodxonlikni oshirish, halollik va adolatga asoslangan dunyoqarashni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
