Bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Ilmiy kengashi yig‘ilishida ilmiy daraja va unvonlarga erishgan quyidagi ustozlarimiz rektorimiz, professor Rasul To‘rayev tomonidan taqdirlanib, samimiy tilaklar bildirildi.

▪️Hayitmurоdov Arslonbek Fayzullayevich – professor
▪️Hamidova Suluv Yangiboyevna – iqtisodiyot fanlari doktori (DSc)
▪️Sakbayeva Vitaliya Vladimirovna – pedagogika fanlari bo‘yicha PhD
▪️Husanova Malohat Mengnorovna – iqtisodiyot fanlari bo‘yicha PhD
▪️Xo‘jayev Panji Norhamidovich – qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha PhD

Shuningdek, “Tashabbusli budjet”ning 2025-yilgi 2-mavsumi doirasida universitet hududida zamonaviy mini-futbol maydoni barpo etish loyihasining g‘olib bo‘lishida faol ishtirok etgan Yoshlar ittifoqi yetakchisi va fidoyi tyutorlar ham rahbariyat tomonidan tashakkurnoma va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.