Bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining Agrobiologiya fakultetida 1-kurs talaba-qizlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, fakultet dekani maslahatchilari va psixolog qatnashdi.
Suhbat davomida quyidagi mavzularda qizlarga foydali tavsiyalar berildi:
● odob-axloq qoidalari,
● kiyinish va muomala madaniyati,
● psixologik savodxonlik.
Shuningdek, “Qizlarjon”, “Lider qizlar” va “Qizlar ovozi” kabi klublar faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda iqtidorli qizlarni saralab, kasb-hunarga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.
