Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining Mexanika va konchilik ishi fakultetida “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat mehmonlari:

● Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, “Do‘stlik” ordeni sohibi jurnalist Norquvvat To‘rayev;
● Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Qo‘shon Abdulla;
● Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi xodimi Muzaffar Qurbonov.

Tadbir davomida qatag‘on qurbonlari, ayniqsa jadidlar hayoti va faoliyati haqida qimmatli ma’lumotlar berildi.
Suhbat qizg‘in tarzda o‘tib, faol talabalar mehmonlar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.