“O‘zbekiston–2030” strategiyasi va “Yashil iqtisodiyot” yili doirasida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi respublika miqyosida tanlov e’lon qiladi.

Tanlov nomi:
“Ta’lim ishtirokchilarini psixologik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha eng yaxshi o‘quv-uslubiy qo‘llanma”

Muddati: 2025-yil 10-sentabrgacha
Qabul platformasi: raqamlitalim.trm.uz/psychology (https://raqamlitalim.trm.uz/psychology)

Maqsad:
▪️Iqtidorli psixolog va mutaxassislarni aniqlash;
▪️Ularning faoliyatini rag‘batlantirish;
▪️Ta’lim ishtirokchilarini psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga oid samarali ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish.

Tanlovda pedagog va psixolog mutaxassislar faol ishtirok etishi so‘raladi.

Aloqa: +998 91 232 00 17
Telegram: @Asliddin_Boriyev