Surxon geologiyasi muzeyi – mintaqaning noyob geologik boyliklari haqida ma’lumot olishdi.
Robototexnika xonasi – sun’iy intellekt asosidagi qurilmalar bilan amaliyot o‘tishdi.
Elektromobillar markazi – ekologik transport vositalari ustida olib borilayotgan ishlarga guvoh bo‘lishdi.
Qishloq xo‘jaligidagi ilmiy izlanishlar – Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasida sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik yo‘nalishida olib borilayotgan tadqiqotlar bilan tanishdilar.
Sulton Saodat majmuasi va Arxeologiya muzeyi – tarixiy obidalarga sayohat.
Bu tashrif ikki universitet hamkorligini mustahkamlab, madaniy-ilmiy almashinuvga xizmat qilmoqda.
