Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining 34 nafar iqtidorli talabasi 2025-yil 18-avgust kuni Toshkentdagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida boʻlib oʻtadigan Ginness rekordlari musobaqasiga faol tayyorgarlik koʻrmoqda.
Reja: 25 daqiqada konstruktor robot yigʻish
Maqsad: Ginness rekordini oʻrnatish!
Musobaqada yurtimiz oliygohlaridan saralangan 2000 nafar yosh muhandis talabalar 2000 ta robotni bir vaqtda yigʻib, ishga tushirishi rejalashtirilgan.TDMAU talabalari hozirda jamoaviy muvofiqlik, tezlik va aniqlik asosida amaliy mashgʻulotlar olib bormoqda. Bu faoliyat TDMAU va Surxondaryo yoshlar salohiyatini namoyon etishda muhim qadamlardan biridir.
Ishonch, harakat va jamoaviylik – muvaffaqiyat kaliti! Biz tarixga birgalikda kirishga tayyormiz!
