Shinjong-Uyg‘ur avtonom hududidagi Shihezzi universiteti doktorant, magistrant va bakalavr talabalari Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetidagi “Yozgi universitet” loyihasida ishtirok etdi.Tashrif davomida talabalar TDMAUning laboratoriya va innovatsion markazlarida, qishloq xo‘jaligi hamda paxtachilik bo‘yicha tadqiqot muassasalarida bo‘lishdi.

Shu bilan birga, Surxondaryoning tarixiy obidalariga sayohat uyushtirildi.

Loyiha yakunlari munosabati bilan TDMAU rektori Rasul To‘rayev ishtirokida tantanali kuzatuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

“Yozgi universitet” – ikki oliygoh o‘rtasidagi xalqaro akademik almashinuvning amaliy namunasi bo‘ldi”, — dedi rektor.

Talabalar Surxondaryodan iliq taassurotlar bilan vataniga qaytishdi.