Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Davlat idoralarida ijro intizomini mustahkamlash” mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar Zoom orqali onlayn va Toshkentda offlayn tarzda o‘tkazildi.
Unda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori Rasul To‘rayev boshchiligidagi mas’ullar ham faol qatnashdi.
Muhokama qilingan mavzular:
Prezidentning 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son Farmoni mazmuni;
Ijro intizomi bo‘yicha e’tibor talab qiladigan holatlar;
Ijro.gov.uz tizimidagi yangiliklar;
Hujjat yuritishdagi texnik talablarga oid tavsiyalar.
Seminarda ijro intizomini kuchaytirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi.
Xulosa: Ijro intizomi — bu tartib, mas’uliyat va natija! Bugun o‘rganilgan har bir qoidaning ertaga hayotingizda o‘rni bo‘la
