Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori Rasul To‘rayev universitet hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishdi. Tekshiruv davomida hududdagi mavjud sharoitlar o‘rganilib, kamchiliklarni bartaraf etish, ozodalikka rioya qilish va yashil maydonlarni kengaytirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Bu tashabbus talabalar uchun yanada qulay, zamonaviy va ekologik toza ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.
