2025/2026-o‘quv yili munosabati bilan sizlarning yotoqxona yoki ijaraga xonadon topishdagi muammolaringizni tez va ishonchli hal etish maqsadida universitetimizda “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

 Siz ushbu markaz orqali:
– yotoqxonadagi mavjud joylar haqida ma’lumot olishingiz,
– ishonchli va xavfsiz ijara xonadonlari ro‘yxati bilan tanishishingiz,
– shaxsiy ehtiyojlaringizga mos turar joy variantlarini tanlashingiz,
– tegishli manzilga yo‘naltirilish va doimiy ko‘makka ega bo‘lishingiz mumkin.

 Lokatsiya (https://maps.google.com/maps?q=37.240514,67.311829&ll=37.240514,67.311829&z=16)

 Ma’lumotlarni quyidagi havolalar orqali ham olishingiz mumkin:
 TTJga ariza yuborish tartibi (https://tdmau.uz/ttj-uchun-ariza-yuborish/)
 Ijara xonadonlari haqida ma’lumot (https://tdmau.uz/ijara-xonadonlari/)