Yoshlar muammolarini o‘rganish, ularning qiziqishlarini ro‘yobga chiqarish hamda taklif va tashabbuslarini bevosita tinglash maqsadida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori R.To‘rayev talaba-yoshlar bilan “Rektor va yoshlar uchrashuvi”ni o‘tkazdi.
🤝 Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida talabalarning o‘qish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport va ijodiy faoliyatlarini rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilindi.
🟢 Ushbu uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqot maydonini yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rivojlanishiga ko‘maklashish yo‘lida yana bir muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
🎖 «Sportchi – yurt himoyachisi!» g‘oliblar taqdirlandi!
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida talaba-yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan rektor va yoshlar uchrashuvi doirasida, «Sport oyligi» munosabati bilan sportning 10 ta turi bo‘yicha tashkil etilgan musobaqalarda ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan iqtidorli talabalar universitet rektori R.To‘rayev tomonidan munosib taqdirlandi.
🏅 Ushbu tadbir yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda ular orasidan chinakam sportchi-yurt himoyachilarini yetishtirishga qaratildi.
🔰 Rektor tomonidan talabalar muvaffaqiyatlari e’tirof etilib, ularga diplomlar, esdalik sovg‘alari topshirildi va iliq tilaklar bildirildi.
