Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi KOPIA markazi (Korea Program on International Agriculture) vakillari Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida universitet rektori R. To‘rayev KOPIA O‘zbekiston markazi direktori janob Kim Jae Hyun hamda sholichilik sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis janob Song Yong Ju bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda tomonlar:

✅ Qishloq xo‘jaligi, ayniqsa sholichilik yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish,

✅ Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish,

✅ Professor-o‘qituvchilar va talabalarning malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliy dasturlarni joriy etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalarida kelishuvga erishdilar.

Tashrif doirasida fakultetlar va laboratoriyalar bilan tanishuv amalga oshirildi

Uchrashuvdan so‘ng Koreya Respublikasining KOPIA markazi vakillari universitet faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlar Agrobiologiya fakultetiga tashrif buyurib, fakultet professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

🤝 Uchrashuv davomida ikki tomonlama ilmiy hamkorlik yo‘nalishlari, ayniqsa, sholichilik bo‘yicha ilmiy izlanishlar, agrar ta’lim sifati va amaliyotga yo‘naltirilgan loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

🔬 Shuningdek, mehmonlar zamonaviy laboratoriya xonalari bilan tanishib, u yerda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, tajriba maydonlari va o‘quv-uslubiy jihozlarning holati bilan yaqindan tanishdilar.

📌 Ushbu tashrif nafaqat xalqaro aloqalarni mustahkamlash, balki ilmiy salohiyatni oshirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.