Universitetlar o‘rtasida yangi hamkorlik: yoshlar tashabbusi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori R.To‘rayev Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov taklifiga binoan mazkur oliygohga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida rektor Toshkent davlat agrar universitetining iqtidorli, iste’dodli yoshlari bilan uchrashib, samimiy muloqot qildi, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi.
Bunga javoban yoshlar ham o‘z salohiyatlarini namoyon etib, ilmiy-ijodiy ishlari bilan bo‘lishishdi. Rektor R.To‘rayev ularning faoliyatini yuqori baholab, ikki oliygoh o’rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga tayyor ekanligini bildirdi.
Bundan tashqari hamkorlik doirasida TDAU magistratura bosqichidagi talabalarimizni birinchi kursda Toshkent shahrida ikkinchi kursda Xitoy davlatida tahsil olishlarini ta’minlanishiga kelishildi.
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori R.To‘rayev Toshkent davlat agrar universitetida bo’lib, yosh olimlar, doktorantlar hamda universitet professor-o’qituvchilarga yaratib berilgan shart-sharoitlar va mavjud lobaratoriya jihozlari bilan tanishdi.
Bundan tashqari mazkur oliygohda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlar, istiqbolli rejalar bilan ham tanishib, ushbu sohalarda ham hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishildi.
Bunday tashabbuslar har ikkala ta’lim muassasasi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Universitet rektori R.To‘rayev hamkorlik aloqalarini kelishish barobarida Toshkent davlat agrar universitetining tajriba yer maydonida professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar tomonidan olib borilgan hamda davom ettirilayotgan amaliy ishlar bilan tanishdi va o’zaro fikr almashinib, qishloq xo’jaligi sohasida ham hamkorlik uchun yangi qadam qo’ydi.
Toshkent davlat agrar universitetining doktorantlari o’zlariga biriktirilgan tajriba yer maydonlaridan ilmiy ishlarining amaliy qismi uchun unumli foydalanib kelishmoqda.
Bundan tashqari professor-o’qituvchilar qishloq xo’jaligi sohasida ushbu tajriba yer maydonlaridan loyihalarini amalga oshirishda bir qator amaliy ishlarni bajarib, mazkur tarmoq xususan bog’dorchilik sohasini rivojlantirishga o’z hissalarini qo’shmoqda.
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori R.To’rayev Toshkent davlat agrar universiteti rahbariyatiga amalga oshirilayotgan bu kabi sohalarda ham hamkorlik aloqalarni kuchaytirish istagida ekanligini bildirdi.
