Universitetda 2025/2026-o’quv yili boshlanishiga sifatli tayyorgarlik ko’rish bo’yicha «Dolzarb 100 kun»lik doirasida o’quv jarayonlariga asosiy e’tibor berilishi kerak bo’lgan vazifalar bo’yicha seminar tashkil etildi.
Seminarda quyidagi masalalar ko’rildi:
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi PF-81-son Farmoni mazmun mohiyati tushuntirildi.
✅ Top-300 talik reytingdagi OTMlari dasturlari asosida o’quv dasturlarini ishlab chiqishga e’tibor berilishi kerak bo’lgan jihatlar yana qayta muhokama qilindi.
✅ Shu bilan birga yetakchi oliy ta’lim muassasalari tajribalari mas’ullarga yetkazildi.
