Xabaringiz bor, ayni kunlarda Andijon shahrida “O‘zbekiston – Ozarbayjon: oliy ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari I forumi bo’lib o’tmoda.
Mazkur forum doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon OTMlari rektorlari o’rtasida 60 ga yaqin anglashuv memorandumi, hamkorlik bitimi va yo‘l xaritalari imzolandi.
Ushbu forumda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori R.To’rayev ham ishtirok etib, Ozarbayjon texnika universiteti bilan o’zaro hamkorlik memorandumini imzoladi.
Xalqaro forum hamkorlik aloqalar memorandum
Andijon shahrida bo’lib o’tayotgan “O‘zbekiston – Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlari I forumi doirasida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori R.To’rayev Ozarbayjon arxitektura va qurilish universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.
Bo’lib o’tayotgan “O‘zbekiston – Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlari I forumi doirasida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori R.To’rayev Ozarbayjon davlat neft va sanoat universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori R.To’rayev nafaqat xorijiy balki mamlakatimizdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan ham o’zaro hamkorlik aloqalarni yanada mustahkamlamoqda.
