​Yig‘ilishda universitet faoliyati samaradorligini oshirish, ta’lim sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish hamda talaba-yoshlar bandligini ta’minlashga doir ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

​Dastlab, bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, universitetning maqsadli ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, ularga erishish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

​Yig‘ilishda bakalavriat, magistratura hamda PhD va DSc ixtisosliklarini kompleks davlat akkreditatsiyasiga tayyorlash, shuningdek, 2026–2027-o‘quv yili qabul jarayonlarini shaffof va sifatli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

​Shuningdek, bitiruvchilar bandligi muhokama qilinib, 2025–2026-o‘quv yilida bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

​Yig‘ilish yakunida rektor Rasul To‘rayev kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq muddatlar belgilangan topshiriqlar berib, ijro intizomiga qat’iy rioya etish zarurligini ta’kidladi.