​Viloyatimizda ipak qurtidan mo‘l hosil yetishtirish va yetilgan pillani yig‘ib olish ishlari qizg‘in pallada davom etmoqda. Ushbu mavsumda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti jamoasi ham faol va munosib ishtirok etmoqda.

​Xususan, universitetning “Yengil sanoat va oziq-ovqat texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari birgalikda yetishtirilgan pilla hosilini yig‘ib olish jarayonlarida fidoyilik ko‘rsatishmoqda.

​Joriy mavsumda universitet jamoasi tomonidan 4 quti ipak qurti alohida parvarish qilinib, undan 200 kilogrammdan ortiq yuqori sifatli kumush tola olish maqsad qilingan. Bugun ilm-fan va amaliyot uyg‘unligi natijasida yetishtirilgan ushbu oppoq pilla xirmoni voha pillachiligining salmoqli ulushiga aylanmoqda.