Bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Muhandislik sohasidagi muammolar va ularning yechimlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanni universitet rektori Rasul To‘rayev ochib berdi. Tadbirda Hindistonning Aligarh musulmon universiteti olimi Mohammad Suhail, O‘zFA akademigi Komiljon Tojiboyev hamda Toshkent va Samarqanddagi arxitektura-qurilish universitetlarining yetakchi professorlari ishtirok etishdi.

Anjumanning asosiy ilmiy yo‘nalishlari:
🟢 Infratuzilma va transport: Aerodromlar va yo‘llarda seysmik xavfsizlikni ta’minlash hamda innovatsion geosintetik materiallarni qo‘llash.
🟢 Smart texnologiyalar: O‘zbekiston sharoitida «Aqlli uy» tizimlarini joriy etish va energiya tejovchi qurilish yechimlari.
🟢 Ekologiya va urbanistika: Uchqizil suv ombori atrofida ekoturizm maskanlarini yaratish va global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv tanqisligi muammolari.
🟢 Yashil innovatsiyalar: Plastik chiqindilardan tejamkor yo‘l qoplamalarini qurish va zamonaviy landshaft dizayni.

Anjuman davomida 6 ta sho‘ba bo‘yicha jami 300 dan ortiq ilmiy ma’ruzalar tinglandi va talabalarning muhandislik sohasidagi innovatsion ishlanmalari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tadbir yakunida sohadagi dolzarb muammolarni bartaraf etishga qaratilgan muhim ilmiy qarorlar qabul qilindi.