Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshi!” shiori ostida “Eng yaxshi rasmlar” hamda “Eng yaxshi insholar” tanlovlarining universitet bosqichi o‘tkazildi.
“Eng yaxshi rasmlar” yo‘nalishida ishtirok etgan talabalar o‘z mo‘yqalamlari orqali giyohvandlikning mudhish oqibatlari, sog‘lom hayotning go‘zalligi va porloq kelajak tasvirlarini mohirona aks ettirdilar. Shu bilan birga, “Eng yaxshi insholar” tanlovida ishtirokchilar ushbu illatning inson salomatligi va jamiyat ravnaqiga salbiy ta’sirini tahliliy va ijodiy yondashuv asosida qog‘ozga tushirdilar.
Tanlovning bosh maqsadi yoshlar o‘rtasida “halollik vaksinasi” va sog‘lom hayot tamoyillarini qaror toptirish hamda ularni turli yot g‘oyalardan himoya qilishdan iborat bo‘ldi. Tadbir yakunida hakamlar hay’ati tomonidan talabalarning ijodiy ishlari mazmuni, badiiyligi va mavzuning yoritilish darajasiga ko‘ra munosib baholandi.
Tanlov yakuniga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar universitet rahbariyati tomonidan munosib rag‘batlantirilishi ko‘zda tutilgan.
