Bu yilgi Navro‘z umumxalq bayramining asosiy viloyat sayllari Termiz tumanidagi «Yangi O‘zbekiston» massivi amfiteatri maydonida koʻtarinki ruhda boshlandi.
Kecha mazkur maydonda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Mahmud Nomozov hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurashid Yo‘ldoshev o‘zlarining sara taronalari bilan vohadoshlarimizni qutlagan boʻlsa, bugun bayram dasturini taniqli estrada xonandasi Jasur Mavlonov o‘zining sho‘x qo‘shiqlari bilan davom ettiradi.
Eslatib oʻtamiz, bu yerda 11-martdan 19-martga qadar har kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha voha san’atkorlari hamda soat 19:00 dan 21:00 gacha poytaxtdan tashrif buyuradigan taniqli xonandalar ishtirokidagi konsert dasturlari namoyish etiladi.
