Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakulteti “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari uchun “Dorivor o‘simliklar introduksiyasi” fanidan Termiz tumanidagi “Tomorqa maktabi” tajriba maydonida sayyor dars tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida talabalarga dorivor o‘simliklarni yangi hududlarga introduksiya qilish, ularni yetishtirish texnologiyasi, agrotexnik talablari hamda mahalliy iqlim sharoitiga moslashuvi haqida amaliy va nazariy ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘simliklarni ekish, parvarishlash, ko‘paytirish va hosilini yig‘ib olish jarayonlari yuzasidan tushuntirishlar taqdim etildi.

📑 Sayyor dars davomida talabalar dorivor o‘simliklarning biologik xususiyatlari, tuproq-iqlim sharoitiga moslashuvi hamda ularni sanoat miqyosida yetishtirish istiqbollari bilan tanishib, amaliy ko‘nikmalar hosil qildilar. Mazkur mashg‘ulot talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.