“Yoshlar kuni” munosabati bilan universitetda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari tashkil qilindi. Tadbirlarda fakultetlar dekanlari talaba yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, ularning qiziqishlari, fikrlari va muammolarini o‘rganishdi.
Ochiq muloqotlarda talabalarga Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bilan bo‘lgan uchrashuvda ilgari surilgan 32 ta ustuvor tashabbus hamda mamlakatimizda tadbirkorlik, bandlik, zamonaviy bilim va ilmiy salohiyatni rivojlantirish imkoniyatlari tushuntirildi.
Talabalar yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, kasbiy mahoratni oshirish, startap va ilmiy loyihalarda faol ishtirok etish hamda mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shishni ta’kidladilar.
Shuningdek, Milliy bank viloyati filiali vakillari bitiruvchi talabalarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va bandlik masalalari bo‘yicha savollarga javob berdilar.
Uchrashuv yoshlarning ijtimoiy, ilmiy va iqtisodiy faol bo‘lishini rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
