Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ochiq muloqotida har payshanba vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” o‘tkazish tashabbusi ilgari surilgandi. Shu munosabat bilan bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida ham “Yoshlar kuni” tadbirlari boshlandi.

Kun davomida talabalar o‘rtasida futbol, voleybol va basketbol musobaqalari o‘tkazilmoqda. Kechqurun esa osh chempionati, pazandalik tanlovi va rang-barang shou dasturlar namoyish etiladi. Shuningdek, ijodiy ko‘rgazmalar, she’riyat va musiqiy chiqishlar, interaktiv viktorinalar ham rejalashtirilgan.

Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlarni rag‘batlantirish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini rivojlantirish hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishga undashdir.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *