Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari har haftaning seshanba kuni “Ayritom” erkin iqtisodiy zonasida o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Mashg‘ulotlarda talabalar ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalar va investitsiya loyihalari bilan tanishib, nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash imkoniga ega bo‘ladi.
Dars va seminarlar yoshlarning ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirish, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularni raqobatbardosh mutaxassis sifatida tayyorlashga xizmat qiladi.
