Tadbirda universitet rahbariyati vakillari hamda dekanatlar masʼullari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida ta’lim sifati, o‘quv jarayoni, talabalar huquq va majburiyatlari hamda ularning shart-sharoitlari haqida ma’lumot berildi.

Ota-onalarga talabalarning darslarga mas’uliyat bilan yondashishi, vaqtni to‘g‘ri taqsimlashi, sog‘lom turmush tarzini olib borishi, salbiy illatlardan yiroq bo‘lishi masalalari tushuntirildi. Shu bilan birga, farzandlarini qo‘llab-quvvatlash va doimiy muloqot qilish ahamiyati ta’kidlandi.

Tadbirda shuningdek, kasbiy tayyorlash, amaliyot va ish bilan ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, xavfsizlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari ham muhokama qilindi.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi, faollarga ota-onalarga tashakkurnomalar topshirildi.

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *