Bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida talaba yoshlarda din niqobidagi tahdidlarga, xususan radikalizmga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida ishtirokchilarga “Tinchlik qadri” nomli videofilm namoyish etildi. Shundan so‘ng Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda viloyat IIB TQKB vakillari tomonidan yoshlarga ogohlikka oid tushuntirishlar berildi. Mutaxassislar diniy bilimlarni faqat ishonchli manbalardan olish, ijtimoiy tarmoqlardagi shubhali axborotlarga tanqidiy yondashish zarurligini ta’kidladilar.

Shuningdek, islom dini tinchlik, bag‘rikenglik va ma’rifatga asoslangani, zo‘ravonlik va adovat esa unga mutlaqo yot ekani haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga asosli va batafsil javoblar oldilar.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *