Mazkur seminarlar universitetda ta’lim jarayonini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida takomillashtirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish hamda ularning ilmiy-pedagogik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Navbatdagi o‘quv-seminar Agrobiologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari uchun tashkil etilib, unda “Yoshlar bilan ishlash tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish mexanizmi” mavzusi muhokama qilindi.

Seminar davomida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i I.Xayrullayev ma’ruza qildi. U o‘z chiqishida yoshlar bilan ishlash jarayonida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning o‘rni va ahamiyati, ularni samarali tashkil etishning zamonaviy mexanizmlari, shuningdek, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiluvchi muhim jihatlar haqida atroflicha fikr bildirdi.

Mazkur seminar professor-o‘qituvchilarning bilim va tajribalarini boyitish, ta’lim-tarbiya jarayonida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.