Bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakulteti talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Yangicha yangi yil” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda talaba yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni malakali mutaxassis sifatida yetishtirish uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida to‘xtalishib, tadbir ishtirokchilari va talabalarni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan muborakbod etdilar.
Bayram davomida talabalar o‘zlarining ijodiy mahoratini namoyish etdilar. Rang-barang musiqiy chiqishlar, ko‘ngilochar sahna ko‘rinishlari, ijro etilgan kuy, qo‘shiq va raqslar, shuningdek Termiz garnizoni harbiy orkestri jamoasi ijrolari ishtirokchilarga bayram kayfiyatini ulashdi.
Tadbir davomida qiziqarli interaktiv o‘yinlar va musobaqalar ham tashkil etilib, faol ishtirok etgan talabalar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
