Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida 2025–2026-o‘quv yili uchun “Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining stipendiyasi” sovrindori bo‘lgan “Yo‘l muhandisligi” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Sherxon Abdusalomovga sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat Avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi direktori B.Xatamov, fakultet dekani A.Bo‘tayorov, fakultet jamoasi va talabalar ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar Sh.Abdusalomovning ushbu yutug‘ini alohida e’tirof etib, fakultet talabalari orasida bunday muvaffaqiyatlarga erishganlar safi yanada kengayishiga tilak bildirishdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu stipendiya avtomobil yo‘llari sohasida tahsil olayotgan iqtidorli, bilimli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, yuksak natijalarga erishgan talabalarga munosib rag‘bat sifatida taqdim etiladi.
