Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professor-o‘qituvchilari hamda H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti yetakchi olimlari tomonidan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari uchun amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.
Mashg‘ulotlar geologik qidiruv ishlari, foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish, geofizika, mineralogiya-petrografiya hamda umumiy geologiya fanlari doirasida olib borilmoqda.
Talabalar dala va laboratoriya ishlari, zamonaviy geofizik usullar, GIS texnologiyalari, tog‘ jinslari va minerallarni aniqlash bo‘yicha amaliy tajriba orttirmoqda.
Mashg‘ulotlar ta’lim, fan va amaliyot uyg‘unligi asosida tashkil etilib, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qilmoqda.
