Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Qurilish va irrigatsiya fakultetining 4-bosqich talabalari uchun nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish maqsadida Muzrabot tumanida joylashgan “ASIA KSP SIFAT” korxonasiga amaliy tashrif tashkil etildi.

“Surxon sanoat qurilish” kompaniyasiga qarashli ushbu korxonada talabalar qamishli DSP (yog‘och-qipiq plitalari) materiallarini ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida ularga ishlab chiqarishning barcha texnologik bosqichlari, xomashyoni qayta ishlash jarayonlari, shuningdek, mahsulot sifatini ta’minlashda qo‘llanilayotgan zamonaviy uskunalar va innovatsion texnologiyalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Amaliy mashg‘ulot jarayonida talabalar ishlab chiqarish jarayonlarini bevosita kuzatish, soha mutaxassislari bilan fikr almashish hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.