Har yili dunyoning 190 dan ortiq mamlakatida 25 noyabr – “Xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni”dan 10 dekabr – “Inson huquqlari kuni”gacha “Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faollik” kampaniyasi o‘tkaziladi.
Mazkur tashabbus doirasida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida ham turkum tadbirlar boshlab yuborildi.
Universitet Xotin-qizlar maslahаt kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda talabalarga 2019 yilda qabul qilingan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Tadbir davomida xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning asosiy sabab va omillari, uning oilaga va jamiyatga yetkazadigan zararli oqibatlari, shuningdek, zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuv jarayonida talabalar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi va mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
