H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti yetakchi ilmiy xodimlari hamda Buxoro davlat texnika universiteti “Neft-gaz ishi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.
Geologiya yo‘nalishida talabalar geologik qidiruv ishlari, konlarni o‘rganish va ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy tajriba orttirmoqda. Shu bilan birga, laboratoriya jihozlari, geofizik asboblar va GIS texnologiyalari bilan ishlash imkoniyati yaratilmoqda.
Neft va gaz yo‘nalishida esa talabalar konlarni loyihalash, qazib olish texnologiyalari va zamonaviy monitoring usullarini o‘rganmoqda. Ular real konlar misolida hisob-kitoblar bajarish, quduqlarni boshqarish va texnologik rejimlarni tahlil qilishni amaliyotda o‘rganadi.
Mazkur mashg‘ulotlar TDMAU hamda boshqa oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi samarali hamkorlik natijasi bo‘lib, talabalar uchun zamonaviy kasbiy va ilmiy ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
