Bugun yurtimiz bo‘ylab umumxalq hashari avjida! Universitetimizning fidoyi jamoasi ham bu xayrli tashabbusga qo‘shilib, bilim maskanimizni yanada obod va ko‘rkam qilish yo‘lida birlashdi.

Jamoa a’zolari elkadosh bo‘lib, hududni tozalash, yashil muhit yaratish, daraxtlar va bardyurlarni oqlash kabi ishlarida faol qatnashmoqda. Bu nafaqat atrof-muhitni ozoda saqlash, balki jamoaviylik, mehnatga hurmat va Vatanga muhabbatni oshirishning yorqin ifodasidir.

Hashar — xalqimizga xos birlik va mehr-oqibat ramzi. Har bir qilgan ishimiz ortida ezgu maqsad: kelajak avlod uchun go‘zal muhit yaratish bor.

Bugungi mehnat — ertangi go‘zallik, bugungi birlik — ertangi muvaffaqiyat! Universitetimizning yanada go‘zal, yanada ozoda bo‘lishi uchun birgalikda harakat qilyapmiz!