Bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori Rasul To‘rayev raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda prorektorlar, fakultet dekanlari, bo‘lim mudirlari, boshqarma rahbarlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish avvalida rektor Rasul To‘rayev kuni kecha poytaxtda bo‘lib o‘tgan tadbirda 1 946 ta kichik robot yig‘ilib, O‘zbekiston nomi Guinness rekordlar kitobiga kiritilgani, bu jarayonda universitetning 30 nafar talabasi ham munosib ishtirok etganini faxr bilan ta’kidladi. Jamoaga rasmiy Guinness World Records sertifikati topshirilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yig‘ilishda quyidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi:

▪️ Ta’lim sifati va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
▪️ Universitetning 2025-yil II yarim yillik ish rejasini tasdiqlash
▪️ 2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati va tegishli vazifalar ijrosi
▪️ “Registrator ofisi” faoliyatini takomillashtirish va raqamlashtirish
▪️ Xalqaro akkreditatsiyaga tayyorgarlik ishlari
▪️ Universitetning milliy va xalqaro reytinglarda faol ishtirokini ta’minlash
▪️ Talabalarga davlat grantlarini taqdim etish, ulardan samarali foydalanish va qayta taqsimlash mexanizmlarini ishlab chiqish  
Yig‘ilish davomida mas’ul rahbarlarning axborotlari tinglandi va belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.