Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti qoshidagi Ilg‘or muhandislik maktabining Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash laboratoriyasi faoliyati yurtimizda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim tashabbusdir.

Mazkur laboratoriyada yosh tadqiqotchilar turli pishiriq va non mahsulotlarining tarkibini vitaminlar, mineral moddalar hamda foydali komponentlar bilan boyitish ustida ish olib borishmoqda. Ular faqat mahalliy bozor ehtiyojlarini qondirish bilan cheklanmasdan, mahsulotlarni qo‘shni davlatlarga eksport qilish imkoniyatlarini ham o‘rganmoqdalar. Bu esa oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bilan birga iqtisodiyotga yangi manbalar yaratishga yordam beradi.

Laboratoriyadagi ilmiy ishlar natijalari OAK tomonidan e’tirof etilgan “Muhandislik va iqtisodiyot” jurnalida keng yoritib boriladi. Bu esa tadqiqotlarning ilmiy jamoatchilikka yetkazilishi va ularning qo‘llanma sifatida foydalanilishiga keng yo‘l ochadi. Bunday sa’y-harakatlar, shubhasiz, oziq-ovqat sanoati rivojiga katta hissa qo‘shadi va mamlakatimizning raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish salohiyatini oshiradi.

Bunday tadqiqotlar nafaqat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaydi, balki yosh olimlarning iqtidorini namoyon etish uchun keng imkoniyat yaratadi. Ular amalga oshirayotgan yangi texnologiyalar kelajakda sohaga innovatsion yechimlarni olib kelishiga shubha yo‘q.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *