Iqtidorli va salohiyatli talabalar diqqatida!
2024/2025-o‘quv yili uchun “Mirzo Ulugʻbek vorislari” oʻquv kursiga qabul e’lon qilinadi.
Mazkur oʻquv kurslariga joriy yilda davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi 2-kursini bitirib, uchinchi kursiga o‘tgan, akademik qarzdorligi bo‘lmagan iqtidorli talabalar saralash asosida qabul qilinadi.
Oʻquv kurslariga “Mirzo Ulug‘bek vorislari” – “Data science” o‘quv kursi tanlovini tashkil etish va tanlov uchun har bir davlat oliy ta’lim muassasalaridan 60 nafar iqtidorli va salohiyatli talabalarni jalb etish rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, iqtidorli talaba-yoshlar joriy yilning 15-avgust kuniga qadar maxsus veb sayt (https://dscience.uz/) orqali roʻyxatdan oʻtishlari so’raladi.
