Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqich bitiruvchi kurs talabalari o‘rtasida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot-texnologiyalari” fanlaridan Respublika fan olimpiadasi bo’lib o’tishi belgilangan.
Olimpiada Muvaqqat nizom talablariga muvofiq 2023/2024-o‘quv yilida bakalavriat bosqich bitiruvchi kurs talabalari o‘rtasida joriy yilning 1-10-iyun kunlari oralig‘ida bo’lib o’tadi.
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqich bitiruvchi kurs talabalar
o‘rtasida “Kimyo”, Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika
va axborot texnologiyalari” fanlaridan respublika fan olimpiadasini o‘tkazish
tartibi to‘g‘risidagi
VAQTINCHALIK NIZOM
1bob. Umumiy qoidalar
- Mazkur VaqtinchalikNizom oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqich bitiruvchi kurs talabalari o‘rtasida respublika fan olimpiadasini (keyingi o‘rinlarda -Olimpiada deb yuritiladi) tashkil etish, o‘tkazish, unda qatnashish va olimpiada g‘oliblarini aniqlash tartibini belgilaydi.
Ushbu Olimpiada bakalavriat bosqichining 2023/2024-o‘quv yili bitiruvchi kurs talabalari o‘rtasida o‘tkaziladi.
- Olimpiadani o‘tkazishga Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz deb yuritiladi), Raqamli ta’lim texnologiyalarini
rivojlantirish markazi hamda oliy ta’lim muassasalari mas’ul hisoblanadi.
- Olimpiadani tashkil etish yuzasidan Vaziming tegishli buyrug‘i asosida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan oliy ta’lim muassasalarida
Olimpiadani o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita tarkibi tasdiqlanadi.
- Oliy ta’lim muassasasi Tashkiliy qo‘mitasi Olimpiadaning tashkiliy-texnik va axborot tizimlarini tashkillashtiradi hamda Olimpiadaning g‘oliblarini o‘matilgan tartibda tegishli fanlar bo‘yicha laboratoriya va amaliy topshiriqlami adolatli, shaffof o‘tkazilishini ta’minlaydi.
2b-ob. Olimpiadaning maqsad va vazifalari Olimpiadaning asosiy maqsadi quyidagilar hisoblanadi:
— talaba yoshlar orasidan kimyo, biologiya, fizika hamda informatika va axborot
texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha iqtidorli, qobiliyatli va iste’dodli talabalami aniqlash;
-talabalarda ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishni oshirish;
-tayanch kompetensiyalami, kasbiy-ahamiyatli shaxs sifatlarini, egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llash motivatsiyalarini shakllantirish;
-yoshlar o‘rtasida ilmiy bilimlarning keng tarqalishi va ommalashishiga erishish;
-iqtidorli yoshlami qoTlab-quvvatlash va intellektual rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni kengaytirish.
- Olimpiadaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
— kimyo, biologiya, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari
yo‘nalishlari bo‘yicha iqtidorli va qobiliyatli talabalami saralash va qo‘llab quvvatlash hamda ulami rag‘batlantirish tizimini yaratish;
— iqtidorli yoshlarning olimpiadalarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish va bilimlarini mustahkamlab borish, shuningdek, respublika miqyosida tengdoshlari orasida ilmga bo‘lgan qiziqishni targ‘ib etishni yanada kuchaytirish;
— mantiqiy fikrlash va ilmiy faoliyatga qiziqishlarini oshirish.
3b-ob. Olimpiada o‘tkaziladigan fanlar va o‘tkazish tartibi
- Olimpiada kimyo, biologiya, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha 2024-yil 10-20-iyun kunlari oralig‘ida o‘tkaziladi.
- Olimpiada ishtirokchilari olimpiada.edu.uz elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tadi. Ro‘yxatdan o‘tish boshlanishi haqida vazirlikning rasmiy sahifalarida va elektron platformada e’lon beriladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni olimpiadani o‘tkazish sanasidan ikki kun oldin to‘xtatiladi.
Olimpiadani o‘tkazish kuni vazirlikning muvofiqlashtiruvchi Tashkiliy qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Olimpiadani o‘tkazish sanasi va vaqti bo‘yicha jadval asosida olimpiada.edu.uz portaliga ma’lumot joylanadi.
- Olimpiadada O‘zbekiston Respublikada faoliyat olib borayotgan tegishli oliy ta’lim muassasalarining kimyo, biologiya, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari bakalavriat bosqich bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etishlari mumkin.
- Markaz Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi bilan birgalikda topshiriqlar bazasini olimpiada.edu.uz elektron platformasiga test sinov topshiriqlarini kiritadi hamda topshiriqlar bazasining maxfiyligini ta’minlaydi.
- Olimpiada o‘zbek va rus tillarida o‘tkazilishi mumkin.
- Olimpiada 2 turda o‘tkaziladi va 100 ball tizimda baholanadi:
1-tur. Nazariy qism — 50 ball. olimpiada.edu.uz elektron platformasida test shaklida bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar testni har bir fan bo‘yicha olimpiadani o‘tkazishga mas’ul hisoblangan oliy ta’lim muassasasi binosida video kuzatuv kamerasi nazoratida topshiradi.
Test topshiriqlari soni — 50 ta. Umumiy beriladigan vaqt — 60 daqiqa.
Har bir to‘g‘ri javob 1 balldan baholanadi. Ishtirokchilar topshiriqlami
bajarishga berilgan vaqt oraligfida tegishli fan bo‘yicha test savollariga javob beradi.
Ishtirokchilaming 1-tur bo‘yicha olgan ballari to‘g‘risidagi ma’lumot test yakunlangandan so‘ng, 1 soat ichida olimpiada.edu.uz elektron platformasiga joylanadi.
Ishtirokchilar 1-tur bo‘yicha test savollariga 70% to‘g‘ri javob bersa,
(50 balldan 35 ball to‘plasa) keyingi 2-tur bosqichiga o‘tkaziladi.
2-tur. Amaliy qism — 50 ball.
Birinchi turdan o‘tgan ishtirokchilar kimyo, biologiya va fizika fanlari bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlarini, informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha amaliy topshiriqlami bajaradi. Topshiriqni bajarishga 120 daqiqa vaqt beriladi.
Amaliy qismida har bir fan bo‘yicha 1 ta topshiriq beriladi. Topshiriqlaming to‘g‘ri va toTiq bajarilganligiga qarab 50 ballgacha baholanadi. Olimpiadaning amaliy qismi uchun baholash mezonlari hakamlar hay’ati tomonidan ishlab chiqiladi.
Ikkinchi turda berilgan topshiriqni muddatidan oldin to‘g‘ri va aniq baj argan ishtirokchilarga ustunlik beriladi.
4b-ob. Olimpiada g‘oliblarini aniqlash tartibi
- Olimpiada g‘oliblari 1- va 2-tur davomida to‘plagan baliga qarab aniqlanadi.
Har bir fan bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi.
- Barcha talabalar o‘rtasida o‘rinlami taqsimlash olimpiadaning nazariy va amaliy qismida to‘plagan ballar ketma-ketligi asosida yuqoridan pastga qarab I, II va III o‘rin shaklida belgilanadi.
- Olimpiada g‘oliblari har bir fan uchun I, II va III o‘rinlarga bittadan belgilanadi.
Agarda bitta o‘ringa to‘plagan umumiy bali bo‘yicha 2 va undan ortiq nomzodlar to‘g‘ri kelib qolsa, g‘olib quyidagicha aniqlanadi:
- a) Da’vogarlar ichida milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega ishtirokchilar ustunlikka ega bo‘ladi. Bunda, filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida Cl darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yo‘nalishlar bo‘yicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat boTishi lozim. Bunda nomzodning ikkita tur bo‘yicha to‘plagan umumiy baliga xalqaro sertifikatdagi bali qo‘shilgan holda g‘olib aniqlanadi.
- b) Munosib nomzodni saralab olish maqsadida vazirlikning muvofiqlashtiruvchi Tashkiliy qo‘mitasi qarori bilan 3 nafar mutaxassisdan iborat Komissiya tuziladi. Oliy ta’lim muassasasi Tashkiliy qo‘mitasi va tuzilgan Komissiya ishtirokida g‘oliblikka munosib bir nafar nomzod qo‘shimcha sinov topshiriqlari asosida saralab olinadi. Qo‘shimcha sinov topshiriqlarini Komissiya tuzib chiqadi va g‘olibni aniqlaydi. G‘oliblikka da’vogar talabaning oliy ta’lim muassasasidan Komissiya tarkibiga nomzodlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu jarayon video kuzatuv kamerasi nazoratida o‘tkaziladi va yozib olinadi.
5b-ob. Nizolarni ko‘rib chiqish tartibi
- Shikoyat va arizalar Olimpiada natijalari eTon qilingandan so‘ng, apellyatsiya komissiyasida yozma tarzda qabul qilinadi va shu kunning o‘zida ko‘rib chiqilib, murojaatchiga e’lon qilinadi.
- Talabalar tomonidan topshiriqlarga boTgan e’tirozlar topshiriqlar bazasini ekspertizadan o‘tkazishga mas’ul boTgan professor-o‘qituvchilar tomonidan ko‘rib chiqiladi va appelyatsiya xulosasi tayyorlanib Tashkiliy qo‘mitaga taqdim etiladi.
- Kelib tushgan e’tirozlar o‘rinli deb topilsa, oliy ta’lim muassasasi Tashkiliy qo‘mitasi va Komissiya qarori bilan ariza muallifiga qo‘shimcha ball beriladi va asoslovchi hujjatlari vazirlikning muvofiqlashtiruvchi Tashkiliy qo‘mitasiga taqdim etiladi.
6b-ob. Olimpiada g‘oliblarini rag‘batlantirish tartibi
- Olimpiada g‘oliblarining oliy ta’lim muassasalari tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura bosqichiga o‘qishga imtiyozli qabul qilinishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga taklifkiritiladi.
- Olimpiada yakunlari bo‘yicha g‘oliblarga vazirlikning tegishli diplomlari
(I, П va III o‘rinlar uchun) taqdim etiladi.
7b-ob. Olimpiadani yakunlash tartibi
- Olimpiadaning yakuniy natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlami Vazirlikningmuvofiqlashtiruvchi Tashkiliy qo‘mitasi mas’ul kotibi umumlashtiradi hamda Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash, ta’lim sifatini ta’miniash departamentiga taqdim etadi.
- Olimpiadani o‘tkazish jarayonlari va yakuniy natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Vazirlikning hamda oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida, telegram kanallarida yoritiladi
