Davlat rahbarining yoshlarimizga alohida e’tibor va g‘amxo‘rligi sababli vohada mutlaqo yangi tizim yaratilib, yoshlar siyosati mahalla darajasigacha tushirildi.

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasining tegishli bayoniga ko‘ra alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga biriktirish orqali yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Natijada har bir yosh bilan alohida ishlash amaliyoti joriy etildi.

Endilikda har bir biriktirilgan mas’ul oyida kamida bir marotaba o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlash, hayotda o‘z o‘rnini topishi, shuningdek, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga har tomonlama ko‘maklashishi vazifa qilib belgilangan.

Shu maqsadda Termiz muhandislik-texnologiya instituti rektori O‘.Axmedov Oltinsoy tumanidagi Marmin MFYda yashovchi 18 nafar yoshlar holidan xabar olib, ularni ma’naviy va ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida oilaviy sharoiti, yoshlarning ularning qiziqishlari bilan tanishdi.