Termiz muhandislik-texnologiya institutida “HARBIY VATANPARVARLIK OYLIGI” doirasida “VATAN AZIZ, BURCHI MUQADDAS” shiori ostida bayram dasturi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni institut rektori Axmedov O‘ral Choriyevich ochib berdi. Shundan so‘ng 11506-harbiy qismning harbiy orkestr va faxriy qorovul chiqishi barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Bundan tashqari institut talabalari ishtirokidagi harbiy chiqishlar tadbirda yig‘ilganlarning shijoatini yanada oshirdi.
Tadbir doirasida tosh ko‘tarish, armresling, anjimaniya, kalashnikov avtomatini sochish va yig‘ish hamda arqon tortish kabi harbiy sport turlari bo‘yicha Termiz shahridagi 11506-harbiy qism jamoasi bilan institutda tahsil olayotgan talabalar jamoasi o’zaro bellashishdi.
Tadbir so‘ngida g‘olib va sovrindorlar institut rahbariyati tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
“HARBIY VATANPARVARLIK OYLIGI” doirasida bo‘lib o‘tayotgan bunday tadbirlar shubhasiz o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida vatanga muhabbat hissini oshirishga yanada xizmat qiladi.
