Termiz muhandislik-texnologiya instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida institut professor-o’qituvchilariga profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbati davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i U.Devonov yig’ilganlarga Oliy Majlis Senatining 39-yalpi majlisi bo‘lib o‘tganligini, unda bir nechta qonunlar va masalalar muhokama qilinib, shular ichida «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun ham muhokama qilinganligini ma’lum qildi.
