Termiz muhandislik-texnologiya instituti «Sanoat texnologiyalari» fakultetining bir guruh ijodkor talabalari, ijodkor ustozlar hamda Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati bo’limining taniqli ijodkorlari ishtirokida hassos shoir, kamtarin inson Rauf Parfi tavalludining 80 yilligi munosabati bilan adabiy uchrashuv tashkil etishdi.

Uchrashuvda shoir hayoti, ijodi, uning she’rlari haqida batafsil malumot berildi. Ijodiy uchrashuv davomida ijodkor talabalar, ustozlar ijodidan parchalar tinglandi.