Yurtimizning barcha oliygohlaridagi kabi Termiz muhandislik-texnologiya institutida ham o‘quv yili yakunlanib, bitiruvchi yoshlar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha diplom olish jarayonlari ketmoqda. Shu munosabat bilan institutda “Oq yo‘l bitiruvchilar!” shiori ostida bitiruvchi talabalarga diplom berish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda institut professor-o‘qituvchilari hamda bitiruvchi talaba-yoshlar ishtirok etdi.

         Yakunlangan 2022/2023 o‘quv yilida 10 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda 4 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha jami 611 nafar talabalar institutni muvofaqqiyatli yakunlashdi. Jumladan ularning 497 nafari kunduzgi, 48 nafari sirtqi ta’lim shaklida 4 ta mutaxassislik bo‘yicha 66 nafar magistr bo‘yicha o‘qishni yakunlashdi.

Ta’kidlash joizki  viloyatimizning ishlab chiqarish korxonalari, yani “Surxon sanoat qurilish” kompaniyasi; “Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” Termiz filiali; “Sharg‘un ko‘mir” AJ, “Janub yo‘l loyiha” MCHJ korxonasi; “Amudar textile” MCHJ korxonasi; “Zif textile” MCHJ singari korxonalar bilan

tuzilgan shartnomalari asosida bugungacha bitiruvchilarning 27% qismi o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan ta’minlanishga erishildi.

         Ma’lumot uchun yangi 2022/2023 o‘quv yili uchun 26 ta ta’lim yo‘nalishida bakalavr, 5 ta mutaxassislik bo‘yicha magistr tayyorlash uchun qabul kvotalari ajratilgan.

         Institutda ta’lim sifatini oshirish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.