Termiz muhandislik-texnologiya instituti rektoriga biriktirilgan Denov tumanida yashovchi yoshlar holidan xabar olinib, ularga moddiy yordam ko‘rsatish ishlari davom etmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev raisligida “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risida videoselektor yig‘ilishida yoshlar bilan ishlashning mutlaqo yangicha tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda o’rganish bo’yicha berilgan topshiriqlariga asosan Termiz muhandislik-texnologiya instituti rektori O‘.Axmedovga Denov tumanidan 50 nafar yoshlar biriktirilgan.
Joriy yilning 16-iyul kuni Denov tumanidagi yoshlar holidan yana xabar olindi hamda mavjud imkoniyatlarini to’g’ri baholagan holda ularning istaklarini inobatga olib tegishli moddiy yordamlar ko’rsatildi.
Xususan, Denov tumanining O‘shor, Dashtichinor, Vodiy, Qovunlisoy, Istiqbol, Cho‘ntosh va Yangi kuch MFYlarida yashovchi imkoniyati cheklangan yoshlarning 50 nafari bilan institut rektori O‘.Axmedov to’rtinchi marotaba uchrashib, mazkur yo’nalishda bajarilayotgan ishlarni monitoringini olib bordi va keyingi bosqichda ushbu yoshlarning hayotda o‘z munosib o‘rinlarini topishlari, jamiyatdagi faolligini oshirish orqali moddiy manfaatdorligini yanada yaxshilash uchun bir qator ishlarni amalga oshirdi.
Jumladan, tumanning Vodiy MFYda yashovchi yoshlardan: Xasanboyev Muhammadali, Nabixonova Hamidaxon, Ubaydullayeva Muqaddas, Erkinova Mahbuba, Musurmonov Xusan, Mo’ydinov Bilolbek, Mamataliyev Salohiddin, Mamataliyev Sarvinoz, Murodova Mubina, Norboyeva Muxlisa, Asatova Qoriqizlarning holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari olib berildi. Shaymardonov Xusanga esa nogironlik aravachasi olib berildi Bundan tashqari qo‘shimcha dars mashg‘ulotlariga borayayotgan hamda talaba bo‘lish istagida yurgan yoshlarning dars mashg‘ulotlari xarajatlari to‘lab berildi hamda moddiy yordamlar ko’rsatildi.
Yangi kuch MFYda yashovchi yoshlardan: Jumayeva Mushtyariy Cho‘ntosh MFYda yashovchi yoshlardan: Abdurashidov bahodirlarning qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari xarajatlari to‘lab berildi.
Istiqbol MFYda yashovchi yoshlardan: Boboyev Jasur, Muhammajonov Abdumalik, Turdimurodova Madina Dashtichinor MFYda yashovchi yoshlardan: Xo‘jayev Islomjon, Xo‘jayev Yashnarjon, Majidov Samirbeklarning holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari olib berildi. Mo‘minova Marg‘ubaga esa muzlatgich olib berildi.
O‘shor MFYda yashovchi yoshlardan: Asadov Oybek chorvachilik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun 1 bosh echki 2 ta uloqlari bilan olib berildi. Xudoynazorava Durdonaning esa holidan xabar olindi.
Shu bilan birgalikda mazkur yoshlar holidan xabar olish jarayonlarida ularga berilgan tikuv mashinalaridan samarali foydalanilayotganlik holati yuzasidan monitoring qilindi.
Shuningdek, ushbu yoshlarning qiziqishlari va imkoniyatlari darajasidan kelib chiqib hayotda o‘z o‘rnilarini topishlari uchun kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan rejalar belgilab olindi.
