Talaba-yoshlarni teatr san’atiga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo‘naltirish hamda iqtidorli yoshlarga o‘z imkoniyatlarini, iqtidorlarini yuzaga chiqarish maqsadida Qarshi shahrida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining 2023-yilgi mintaqaviy bosqichi bo’lib o’tdi.
Unda institutning “Chag‘aniyon” talabalar teatr studiyasi jamoasi Xoliq Xursandovning “O‘lding, aziz bo‘lding” nomli komedik melodrammasini moxirona ijro etib faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
