Termiz muhandislik-texnologiya institutida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi.
Ushbu tadbirda institut professor-o’qituvchilar hamda talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
Unda institutning «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi mudiri L.Eryigitova yig’ilganlarga Sohibqiron Amir Temurning hayoti, u tuzgan ulkan Temuriylar imperiyasi, harbiy salohiyati va kelajak avlodga qoldirgan boy madaniy merosi haqida so’zlab berdi.
