Termiz muhandislik-texnologiya instituti xotin-qizlar maslahat Kengashi tashabbusi bilan milliy qadriyatlarimizni targ’ib qilish maqsadida «Milliy liboslar» tanlovi bo’lib o’tdi.
Unda institut talaba-qizlari o’zlarining milliy liboslar kolleksiyasi bilan ishtirok etishdi hamda g’oliblikni qo’lga kiritishdi.
1-o’rinni Fayziyeva Mushtariy-«Surxon jilolari» kolleksiyasi uchun;
2-o’rinni Mustanova Zilola -«Xazina zanjiri» kolleksiyasi uchun;
3-o’rinni Murodova Muhayyo «Ipak jilosi» kolleksiyasi uchun munosib ko’rildi.
G’olib bo’lgan talaba-qizlar institut rahbariyati tomonidan diplom hamda vaucherlar bilan munosib taqdirlandi.
