Bugun institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens nazorat» tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i U.Devonov tashabbusi bilan Konstitutsiya referendumiga bag’ishlangan targ’ibot, yoshlar orasida jinoyatchilik holatlari hamda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbir bo’lib o’tdi.
Ushbu tadbirga Fuqarolik ishlari bo’yicha Termiz tumanlararo sudining sudyalari R.Tillayev, B.Noraliyev, Termiz shahar adliya bo’limi boshlig’i A.Jabborov, jinoyat ishlari bo’yicha Termiz shahar sudining raisi I.Shaymanov hamda mazkur sud sudiyasi A.Boybulovlar ishtirok etishdi.
