Institut rektori O’.Axmedov, Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M.Majitov hamda Yoshlar bilan ishlash bo’yicha rektor maslahatchisi R.Xurramovlar bugungi kunda institutda tahsil olib, sport mashg’ulotlari bilan muntazam shug’ullanib kelayotgan va sportga qiziquvchi talaba-yoshlar bilan uchrashuv o’tkazishdi.

Ushbu uchrashuvda institut rahbariyati talabalarning aynan qaysi sport turiga qishiqishlarini o’rgandi va ularni sport murabbiylariga biriktirish masalasida so’z yuritishdi.

O’z navbatida sportchi talabalar institut sport klubini rivojlantirish, talaba-yoshlar o’rtasida sportni yanada targ’ib qilish bo’yicha o’z takliflarini berdishdi.